22 fev 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Gennadiy Golovkin Jeki CHan bilan uchrashdi + FOTO
O'rta vazn (72,6 kg gacha) toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joylab, obunachilariga yangi surat bilan ko'rinish berdi.
Qozog'iston olimpiya qo'mitasi hamda World Boxing xalqaro tashkiloti prezidenti lavozimlarida ishlayotgan Golovkin mashhur aktyor Jeki CHan bilan uchrashdi va unga milliy libos sovg'a qildi.
"Davrimiz afsonasi bo'lgan Jeki CHan bilan uchrashuv", - deya izoh qoldirgan surat ostida Golovkin.
Malumot uchun, Gennadiy Golovkin professional boksdagi faoliyati davomida 45 ta jangda o'tkazib, 42 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Uning ishtirokidagi yana bir jang durang bilan yakunlangan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar