09 apr 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/214067_220.jpg)
Gennadiy Golovkinning Murataga qarshi jangi muddatidan oldin yakunlandi + FOTO
Yaponiyada uzoq kutilgan professional boks oqshomi yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida qozog'istonlik Gennadiy Golovkin mezbon Riyoto Murataga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundlik jang to'qqizinchi raundda yakunlandi. Bungacha kichik tashabbusga ega bo'layotgan Golovkin raund davomida tempni ko'tardi va kuchli zarba evaziga Muratani ringga qulatdi.
SHu tariqa, Golovkin o'rta vazndagi IBF kamariga yoniga Murataning WBA chempionlik kamarini ham qo'shib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar