30 avg 12:34
Yangiliklar
Jalolov bilan jang qilishi mumkinligi aytilgan Murat Gassiev Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqishi mumkin
Bu haqda promouter Ivaylo Gocev malum qildi.
"Murat tayyor, uning xohishi ham, imkoniyati ham bor, — deya Gocevning so'zlarini keltiradi The Sun nashri. — Bu shunchaki o'rin almashinuv emas, balki jang maqomini chempionlik darajasiga ko'tarish bo'ladi. Fyuri 20 noyabr kuni ringga chiqmoqchi. Murat allaqachon jang uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. Ularni uchrashtiring, shunda Fyuri yana og'ir vaznda jahon chempioni bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Nyu-York — [ushbu jang uchun] ideal joy. Fyuri xalqaro auditoriyani, Murat esa SHarqiy Evropaning ulkan auditoriyasini jalb qiladi. Uslublar nuqtai nazaridan ham jang qiziqarli ko'rinadi: bokschi-o'yinchi Fyuri va pancher (kuchli zarba beruvchi) Gassiev".
Eslatib o'tamiz, Gocev aytib o'tgan sanada Fyurining boshqa bir sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan jangi rejalashtirilgan, biroq promouter Eddi Xirn tomonidan ilgari surilgan qo'shimcha talablar tufayli muzokaralar yaqinda murakkablashib qoldi. Yuzaga kelgan vaziyatni izohlar ekan, Fyurining vakili Tayson har qanday holatda ham 20 noyabr kuni "Medison Skver Garden"da ringga chiqishini, hatto buning uchun boshqa raqib izlashga to'g'ri kelsa ham, vada berdi.
Bir muddat avval Gassievning jamoasi ehtimoliy raqiblar orasida Bahodir Jalolov ham borligini aytgandi.

Fikrlar