02 jan 19:08
Yangiliklar
Genri Sexudo uch oy ichida qaytadi
Uning aytishicha, fevral yoki mart oyida kuchli raqib bilan jang qiladi. Bu haqda amerikalik aralash yakkakurash ustasining menejeri Ali Abdel-Aziz ham xabar berdi.
Avvalroq, Xabib Nurmagomedov Sexudo bilan suhbatda unga eng engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aleksandr Pantoja bilan jang o'tkazishni taklif qilgandi.
Sobiq uchtalik (Sexudo erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni ham bo'lgan) chempion 2023 yilning bahorida uch yillik tanaffusdan keyin faoliyatini qayta tiklagan va o'sha paytdagi UFC chempioni Aljameyn Sterlingga hakamlarning ayri qarori bilan yutqazib qo'ygandi. O'tgan yilning fevralida esa u Merab Dvalishviliga ham imkoniyatni boy berdi. Ayni paytda 37 yoshli Genri divizion reytingida ettinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar