09 apr 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudoning birinchi UFC chempionlik kamari o'g'irlab ketildi
UFC'ning sobiq ikki karra chempioni - Genri Sexudoning birinchi chempionlik kamarini o'g'ri urib ketdi.
Bu haqda sportchining prodyuseri Dilon Rash malum qildi.
"Kecha soat 4:45 da kimdir Genrining studiyasiga bostirib kirib, uning birinchi UFC kamarini o'g'irlab ketdi. Men uxlayotgandim. Uyg'onib ketsam, bir kishi taxminan ikki daqiqacha atrofda turibdi. Men u Genri deb o'yladim, chunki qorong'u edi. Keyin javon tushib ketdi va shovqin bo'ldi. U esa yugurib chiqib ketdi", — deb yozdi Rash o'z ijtimoiy tarmog'ida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar