12 sen 11:25
Yangiliklar

Germaniya o'z tarixida ilk bor basketbol bo'yicha jahon chempioni bo'ldi
Ushbu basketbol mundiali kutilmagan natijalarni taqdim etgani bilan tarixga kirdi. Musobaqa avvalida final uchrashuviga Germaniya va Serbiya terma jamoalari etib keladi desa hech kim ishonmagan bo'lsa kerak. "Moll of Aziya-Arena"da bo'lib o'tgan finalda nemis basketbolchilari 83:77 hisobida zafar quchishdi va o'z tarixlarida ilk bor jahon chempioniga aylanishdi.
SHu kungacha Germaniya 2002 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgandi. Finalning eng foydali o'yinchisi Dennis SHryoder bo'ldi, u o'z hisobiga 28 ochko yozdirib qo'ydi. Serbiya tarkibida Aleks Avramovich 21 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Germaniya jahon chempionatidagi barcha 8 uchrashuvda g'alaba qozondi. Serbiya esa finalgacha guruh bosqichida faqat Italiyaga 76:78 hisobida yutqazgandi.
Bronza medal sohibini aniqlab beruvchi uchrashuv ham "Moll of Aziya-Arena"da o'tkazildi. Unda yarim final alamzadalari Kanada va AQSH terma jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuvda kanadalik basketbolchilar overtaymda 127:118 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Fikrlar