12 apr 16:18
Yangiliklar
Getji nima uchun iyunda kamar uchun jang qilmasligini aytdi
"SHanba oqshomida g'alaba qozonsam, engil vazn chempionlik kamari uchun jang qilishimni bilaman. Yutqazsam, barchasi tugashini ham bilaman. Mana men nima uchun kurashyapman. Juda uzoqqa sakrab yubormaymiz.
To'g'risini aytsam, kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman. Men "agar" o'yinini o'ynamayman, ammo chempionlik imkoniyatini qo'yib yuborish mumkin emas. Men dam olishni istayman. Iyun oyida chempionlik jangining iloji bo'lmaydi. CHunki har bir jang - jarohatli tajriba bo'ladi. Uyga qaytib xotirjam bo'lishim kerak va o'zim haqimda qayg'urishim lozim.
Ammo menda murabbiylar va qaror qabul qiladigan menejerlarim bor. Agar ular jang qilish kerak deyishsa, boraman va jang qilaman", - dedi Getji.
Fikrlar