29 jan 11:25
Yangiliklar
Getji: "Sen-Deni Poreni mag'lub etishiga ishonchim komil"
"MMA – aql bovar qilmas sport turi hisoblanadi. O'ylaymanki, omad va shunga o'xshash narsalar – bu sport turida muhim faktordir. Sen-Deni bu jangda g'alaba qozonishiga ishonchim komil. Unda bu uchun etarli darajada tajriba bor. Bu jang menga Rafael Fiziev bilan bo'lgan jangimni eslatyapti. G'alabaga chanqoq va o'ziga ishonchi baland yosh davogar. Dastin Pore bunday jangchilarning qanchalik xavfli ekanligini biladi.
Benua o'z-o'zidan paydo bo'lmadi, ammo u endigina katta janglarda ishtirok etishni boshladi. U bir safar meni ham jangga chorlagandi va bu menga yoqqandi. Nazarimda, Pore u uchun ideal raqib. Bu Sen-Deni yutishi kerak bo'lgan jang", - dedi Getji.
Benua Sen-Deni va Dastin Pore jangi 9 mart kuni UFC 299 turniri doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar