28 jan 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA
"Getji Topuriya bilan jang qilmasligi lozim" - Masvidal
UFC jangchisi Xorxe Masvidal vaqtinchalik chempion Jastin Getji Iliya Topuriya bilan raqobat qila olmasligini aytdi.
"Menimcha, Getji hozir faoliyatini yakunlab, tinchgina ketishi kerak. U Iliya bilan jang qilishi shart emas. Pimblett ham, Getji ham Iliyadan bir bosh past. Ularning jangi shuni ko'rsatdi. Kurashda ham, "stoyka"da ham, himoya va hujumda ham… Menimcha, Iliya bu yigitlar bilan solishtirganda butunlay boshqa sayyorada", — dedi Masvidal.
Havola :
Manba : Death Row MMA
Fikrlar