20 jan 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Getji UFC 324 turnirida Pimblettni majbur qilishga vada berdi
Ushbu jang 25 yanvar kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining asosiy to'qnashuvi hisoblanadi.
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Jastin Getji britaniyalik Peddi Pimblettni kurashga o'tishga majbur qilishini aytdi. Bu ularning engil vazndagi vaqtinchalik kamar uchun jang oldidan aytilgan bayonot bo'ldi.
"Albatta, uni kurashchiga aylantiraman, sizlarga vada beraman. Lekin ko'ramiz, u juda xavfli, zarbalarni 100 foiz kuch bilan beradi. SHu bilan birga, Peddi himoyani ochiq qoldiradi. Men esa tajribam va texnik ko'nikmalarimdan foydalanib, bu xatolardan unumli foydalanishim kerak. Pimblett xatolar qiladi, bu darajada esa bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi", — dedi Getji.
Havola :
Manba : The Body Lock
Fikrlar