18 may 12:15
Yangiliklar
Geybl Stivsonning UFC`dagi debyut raqibi malum bo'ldi
U 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirida tashkilotda debyut qiladi. Amerikalik 25 yoshli Geybl 29 yoshli hamyurti Elisha Ellisonga qarshi oktagonga chiqadi. Og'ir vazndagilar o'rtasidagi jangni shaxsan liga rahbari Dana Uayt rasman elon qildi.
Geybl Stivson o'tgan yili aralash yakkakurashlarda debyut qilgan va u erda uchta g'alabaga erishib, birinchi raunddayoq barcha raqiblarini texnik nokautga uchratgandi. Stivson yana bir g'alabasini DBX ligasida gibrid qoidalar bo'yicha jangda qo'lga kiritdi, u erda raqibini 15 soniyadayoq mag'lub etdi.
Elisha Ellison esa o'tgan yilning sentyabr oyida tashkilotdagi debyutini muvaffaqiyatsiz o'tkazgandi. O'shanda u birinchi raunddayoq Brando Perichichga nokaut bilan yutqazib qo'ygan edi.

Fikrlar