So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

20 fev 17:21
Yangiliklar

Kurash

G'ijduvonda belbog'li kurash bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Buxoro viloyati G'ijduvon tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sport zalida belbog'li kurash bo'yicha Buxoro viloyati ochiq chempionati bo'lib o'tdi.

2008-2012 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida o'tkazilgan mazkur viloyat ochiq chempionatda Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro singari viloyatlardan 200 nafardan ortiq yoshlar o'zaro kuch sinashishdi. 

Buxoro viloyat sport boshqarmasi, G'ijduvon tuman olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-interneti hamda belbog'li kurash federaciyasi Buxoro viloyat bo'limi bilan hamkorlikda o'tgan ochiq chempionatda Firdavs Qiyomiddinov (32 kg. Buxoro), G'olib Ibragimov (71 kg. Navoiy), SHaxrizoda Ubaydullaeva (+52 kg. Qashqadaryo), Kumush Xolmurodova (40 kg. Buxoro) singari yoshlar o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Darvoqe, shuningdek belbog'li kurash federaciyasi Buxoro viloyati bo'limi tomonidan 2025 yil sarhisobiga bag'ishlangan tadbir ham tashkil etildi. Ushbu sarhisob tadbirida viloyat federaciyasi tomonidan o'tgan yilgi amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Tadbir so'nggida "eng yaxshi" deb topilgan sportchi va murabbiylar munosib taqdirlanishdi. 

— Milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni viloyatimizda  yanada rivojlantirish bosh maqsadimiz sanaladi,  — deydi Belbog'li kurash federaciyasi Buxoro viloyati bo'limi ijrochi direktori Sohibjon Qosimov. — Bugun o'tkazilgan mazkur ochiq chempionat ham nafaqat belbog'li kurashni ommalashishiga xizmat qiladi, balki kuchli va iqtidorli sportchini saralash vazifasini ham o'tab berdi. Boisi, joriy yilda belbog'li kurash bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan va ushbu musobaqalarda viloyatimiz polvonlari ham mamlakat milliy terma jamoalarimiz safida turib, Yurtimiz sharafini himoya qilishni niyat qilganmiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing