15 mar 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Gilbert Berns Xamzat CHimaevni nokaut qilishga vada berdi
Yarim o'rta vazn toifasi UFC'da ikkinchi raqamli jangi Gilbert Berns chechenistonlik Xamzat CHimaevni nokaut qilishini aytdi.
«Bu asosiy voqea bo'ladi. Bo'lajak jangdan juda xursandman. Hech kim xohlamagan jangga rozi bo'ldim u ham shunday qildi. 9 aprel kuni jang qanchalik shov-shuv bo'lishini ko'rasiz. O'shanda barcha savollarga javob olasiz
Xamzat yaxshi jangchi. Lekin, u hali mening darajamdagi raqiblar bilan bo'lmagan. Oktagonga chiqaman va uni nokaut qilaman. Jang so'ngi raundgacha davom etishiga ishonmayman. Nokuat yoki bo'g'ish usuli bilan bo'ladimi hozircha bilmayman, biroq jang ikkinchi yoki uchinchi raundda yakunlayman»,- dedi braziliyalik TMZ Sports nashriga.
Eslatib o'tamiz, Gilbert Berns va Xamzat CHimaev o'rtasidagi jang 9 aprel Jeksonvildagi UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : TMZ Sports
Fikrlar