17 iyu 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1410_220.jpg)
Gilermo Rigondo raqibining chag'ini sindirib qo'ydi
Uelsning Kardiff shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA (Super) yo'nalishi chempioni kubalik 35 yoshli Gilermo Rigondo britaniyalik 25 yoshli Jeyms Dikkensga qarshi ringga ko'tarildi.
Rigondo birinchi raunddayoq raqibining chag'ini sindirib qo'ydi. Ikkinchi raunddan keyingi tanaffus chog'ida mezbon bokschining murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.
Havola :
Fikrlar