08 apr 15:54
Yangiliklar
Boks/MMA

G'iyosovning vaznidagi chempion: "Men bu vaznda birinchi raqamli bokschiman, u esa..."
Prof boksning yarim o'rta vazn toifasida IBF yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Jeyron Ennis WBA kamari sohibi Eymantas Stanionisga qarshi jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men juda hayajondaman. Ringga chiqish arafasidaman. Ular so'ragan narsani ko'rsatishga tayyorman. Men bu divizionda birinchi raqamli bokschiman, Stanionis esa ikkinchi raqamli. Muxlislarga o'zlari xohlagan narsani beramiz. Bu ular ko'rmoqchi bo'lgan shou. Ular birlashtiruvchi chempionlik jangini ko'rishni xohlashadi. Ular eng yaxshi jangni ko'rishni istaydi va biz buni ularga tortiq qilamiz", dedi Ennis.
Ennis va Stanionis o'rtasidagi jang 12 aprel kuni AQSHda bo'lib o'tadi. O'sha oqshomda mazkur vazn toifasidagi o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov ringga chiqadi. Hamyurtimiz ushbu bahsda g'alaba qozongan taqdirda Ennis — Stanionis juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : Way up with Angela Yee
Fikrlar