08 fev 10:01
Yangiliklar
G'oibnazarov Pakyao va Kroufford bilan bir oqshomda jang o'tkazishi mumkin
Bu malumotni bizga kompaniya rahbari Bob Arum bilan suhbatda bo'lgan G'oibnazarovning murabbiyi Abror Tursunpo'latov taqdim etdi. Uning so'zlariga qaraganda, Fazliddin afsonaviy bokschi, 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao bilan bir oqshomda jang o'tkazar ekan.
Aynan 14 aprel sanasida Pakyaodan chempionlik kamarini tortib olgan avstraliyalik Jeff Xorn birlashtiruvchi chempionlik jangida amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi. Bob Arum shu boks oqshomida Pakyao va Mayk Alvarado o'rtasida ham jang tashkil qilmoqchi bo'lyapti.
Bob
Arumning rejasiga ko'ra, agar Pakyao ushbu jangda g'alaba qozonsa, keyinchalik Xorn
- Krouford juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi. Rio Olimpiadasi chempioni bo'lgan
Fazliddin G'oibnazarov ham aynan 14 aprelda shu boks kechasida ringga chiqishi
kerak.
Fikrlar