19 fev 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

G'oibnazarovga Bob Arumdan tashqari Oskar De La Xoyya ham qiziqyapti
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning tez orada professional boksdagi faoliyatini boshlashi haqida xabar bergan edik.
Fazliddin shu kunlarda murabbiyi Abror Tursunpo'latov bilan birga Los-Anjelesda bo'lib turibdi. Hamyurtimizga AQSHdagi bir nechta promouterlik kompaniyalari tomonidan taklif tushgan.
Ayni paytda u afsonaviy promouter Bob Arum bilan muzokara o'tkazyapti. Fazliddinga shartnoma taklif qilayotgan yagona Arum emas. Unga afsonaviy sobiq bokschi Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan ham qiziqish bildirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar