29 mar 09:55
Yangiliklar

G'oibnazarovning ilk raqibi haqida to'liq malumot
Viktor Vaskes - 1995 yilning 29 oktyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida dunyoga kelgan. 21 yoshli bokschi professional boksdagi faoliyati davomida 9ta jang o'tkazgan.
Ana shu janglarining 7tasida raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Nokaut evaziga g'alaba qozongan janglari soni 3tani tashkil qiladi. Ikki marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Bir bor nokautga uchragan.
Viktor professional ringdagi ilk jangini 2014 yilning 22 mart kuni o'tkazgan. U o'sha kuni Oskar Diasni mag'lubiyatga uchrata olgan. Vaskes o'zining so'nggi jangini shu yilning 11 mart kuni Mayk Faulerga qarshi o'tkazib, raqibini beshinchi raundda nokautga uchratgandi.
Eslatib o'tamiz, G'oibnazarov - Vaskes jangi 22 aprel kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar