06 jan 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

G'oibnazarovning promouteri 2018 yilning aprelida qaysi jangni o'tkazmoqchi ekanini aytdi
Dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov ham aynan Top Rank kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Bob Arum shu yilning aprel oyida avstraliyalik Jeff Xorn hamda amerikalik Terens Krouford o'rtasida birlashtiruvchi chempionlik jangini o'tkazmoqchi.
Aynan Krouford WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Xornning
kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. Aprel oyining o'zida Arum Menni Pakyao va
Mayk Alvarado o'rtasida ham jang tashkil qilmoqchi bo'lyapti. Agar Pakyao ushbu
jangda g'alaba qozonsa, keyinchalik Xorn - Krouford juftligi g'olibi bilan to'qnash
keladi.
Havola :
Fikrlar