06 iyu 13:33
Yangiliklar
Basketbol
"Golden Steyt" "Boston" bilan NBA final seriyasidagi hisobni tenglashtirdi
San-Fransiskodagi (AQSH) “Chase Center” arenada NBA final seriyasining ikkinchi o'yini bo'lib o'tdi.
Unda “Golden Steyt Uorriorz” jamoasi “Boston Seltiks”ni qabul qildi. Uchrashuv 107:88 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu g'alaba mezbonlarga seriyadagi hisobni tenglashtirish imkonini berdi - 1:1.
Amerikalik basketbolchi Jeyson Tatum 28 ochko, 6 ta riband va 3 ta samarali uzatma bilan "Boston"ning eng sermahsul o'yinchisi bo'ldi. "Golden Steyt" tarkibida esa Stefen Karri 29 ochko, 6 riband va 4 ta samarali uzatma bilan eng yaxshi natija ko'rsatdi.
Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi o'yin Bostondagi "T.D.Garden" arenada bo'lib o'tadi. Uchrashuv 9-iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 6:00 da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar