So’nggi yangiliklar

19:16ОЧЛда қатнашадиган "Андижон" икки легионерни ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 18:55Рамазон Темиров октагонга чиқадиган UFC турнирининг марказий жанги маълум бўлди 0 18:32"Tashkent Select" узоқ танаффусдан кейин яна ғалаба қозонди 0 18:10Промоутер Фьюрининг фаолиятини якунлаши эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:48Аббос Файзуллаев: "Уйғонганимда бутун вужудим оғриган пайтларим бўлди" 0 17:24Дана Уайт ваъда қилган 2025 йилдаги ақлдан оздирадиган мегажанг қайси спортчилар ўртасида кечиши маълум бўлди 0 17:01Владимир Путин МДҲ давлатларини БРИКС ўйинларида қатнашишга чорлади 0 16:39Юлдузли кард йиғилмоқда. Суҳроббек Атажанов ҳам Тошкентда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:16"Пахтакор"нинг Туркиядаги ўқув-йиғин машғулотлари давомидаги рақиблари маълум 0 15:54Собиқ жаҳон чемпиони: "Баҳодир Жалолов Усикни ҳам мағлуб эта олади, фақат..." 0 15:32"UFC Макгрегорнинг кетишига йўл қўймайди" - Эдди Альварес 0 15:10WBC рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:48Суперлиганинг 5 та, Про лиганинг 1 та клубига трансфер тақиқи қўйилди 0 14:24Отабек Холматов собиқ Жаҳон чемпиони билан реванш жангини ўтказмоқчи 0 14:01"100 минг доллардан арзонга уйимдан чиқмайман" - Жон Жонс 0

08 apr 16:27
Yangiliklar

Kurash

G'olibga 10 000 dollar mukofot. Kurash bo'yicha Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turniri oldidan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

Teglar :  Kurash
Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida kurash bo'yicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV xalqaro turnirning tashkiliy masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lgan kurashning boy ananalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o'zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarni ushbu milliy sport turimizga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg'usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug'ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Kurash bo'yicha turli xalqaro musobaqalarni tashkil qilish, kurashni xalqaro maydonda rivojlantirish orqali O'zbekistonning jahon sport maydonidagi imidjini yuksaltirish, kurashni umumxalq sport turiga va jahon sporti durdonasiga aylantirish, ushbu milliy sport turimizni yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifa ekanligi ham qarorda ko'rsatib o'tilgan.

Mazkur qaror ijrosini taminlash maqsadida joriy yil 9-12 aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kurash bo'yicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda dunyoning 30ga yaqin davlatidan 105 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. SHundan 75 nafari sportchilar bo'lib, ularning 15 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida kurash bo'yicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV xalqaro turnirning tashkiliy masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, Tashkiliy qo'mita raisi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi, Tashkiliy qo'mita azosi Oybek Kasimov, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Uyg'un Umarov, shuningdek xorijlik mehmonlardan Bangladesh yoshlar va sport vaziligi kotibi Sohil Ahmad, Ruminiya delegaciyasi rahbari, xalqaro toiadagi hakam, janob Naim Belgin, Ozarbayjon delegaciyasi rahbari Mobil Xuseynov hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

“Kurash bo'yicha tashkil etiladigan mazkur xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ishlari yuqori darajada olib borilmoqda. Yurtimizga tashrif buyurayotgan kurashchilar va mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston kurash federaciyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilot va idorlar hamkorlikda musobaqani yuksak saviyada tashkil etish uchun barcha choralarni ko'rishmoqda. SHuningdek, musobaqa jarayonlarini bevosita turnir o'tkaziladigan «Alpomish» stadionidan yoritib borishi uchun OAV xodimlariga ham barcha zarur sharoitlar yaratib beriladi. Bellashuvlar o'tkaziladigan «Alpomish» stadionida ham tamirlash ishlari amalga oshirilib, sportchilar va kurash ixlosmandlariga barcha qulayliklar yaratilmoqda”, - dedi Ravshan Ermatov.

SHuningdek, anjumanda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham so'zga chiqib bu safargi kurash bayramini ham pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramay yuqori saviyada tashkil etish choralari ko'rilayotganini takidladi.

- So'nggi vaqtlarda mamlakatimizda tashkil etilayotgan xalqaro sport musobaqalariga jahon sportining mutasaddi rahbarlari kelishi yaxshi ananaga aylanib bormoqda. Oxirgi bir oyni ichida yurtimizga Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Mariush Vizer, AIBA, yani Xalqaro boks associaciyasi prezidenti Umar Kremlyov tashrif buyurdi. Quvonarlisi, kurash bo'yicha Al-Hakim At-Termiziy ananaviy XV xalqaro turniriga Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon boshchiligidagi delegaciya ham tashrif buyuradigan bo'ldi. Ushbu tashrif doirasida kurash sportini dunyoda yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, - dedi anjumanda so'zga chiqqan Oybek Kasimov.


O'zbekiston kurash federaciyasi raisining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Uyg'un Umarov esa ishtirokchilar borasida to'xtalib, quyidagilarni malum qildi:

- Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turniriga nafaqat yurtimiz, balki xorij davlatlarida ham qiziqish juda yuqori darajada. Biz musobaqaga taklif qilib 50dan ortiq davlatlarga taklifnomalar yubordik. Yaxshi xabardorsiz, hozirda Evropaning ko'plab davlatlarida lokdaun holati kuzatilmoqda. SHu bois Evropa qitasidagi ko'plab davlatlar musobaqada ishtirok etish hoxishini bildirgan bo'lsa-da, yurtimizga kelolmayapti. SHunga qaramay Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turniriga dunyoning to'rt qitasidagi 30ga yaqin davlatlardan 105 nafar ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda. SHularning 75 nafarini sportchilar tashkil qiladi. Mana shu raqamlarning o'ziyoq musobaqaning nufuzi nechog'lik yuqori ekanligini ko'rsatib turibdi.

Malumot uchun, 1993 yildan buyon har ikki yilda o'tkazib kelinayotgan mazkur turnirda ko'plab nomdor polvonlar ishtirok etishgan. 15-bor tashkil etilayotgan ananaviy xalqaro turnirda erkaklar -60, -66, -73, -81, -90 kg hamda mutlaq, ayollar esa -48, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida o'zaro bellashadi.

Eslatib o'tamiz, Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida g'oliblarga 3 000, 2-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilarga 2 000 hamda ikkita 3-o'rin sohiblariga 1 000 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.

Mutlaq vaznda g'olib bo'lgan polvon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSH dollariga sazovor bo'ladi. 2-o'rin sohibi 5 000 dollar, ikkita 3-o'rin sohiblari 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishadi. Mutlaq vazn toifasida chorak finalda mag'lubiyatga uchragan 4 nafar kurashchining har biriga 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofoti tasis etilgan.

SHuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun tashkilotchilar tomonidan turli sayyohlik turlari ham uyushtiriladiki, bu yurtimizda sport va ziyorat turizmini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.


Manba: Minsport.uz

Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing