19 okt 09:43
Yangiliklar

G'olibi 6 mln dollarga ega chiqqan Six Kings Slam turniri yakunlandi
Six Kings Slam turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - ispaniyalik Karlos Alkaras hamda italiyalik Yannik Sinner o'zaro to'qnash kelishdi. Sinner ortiqcha qiyinchiliksiz sayyoramizning birinchi raketkasini 6/2/ 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon katta farq bilan Alkaras oldinda bormoqda - 11:5. Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda Sinner 3, Alkaras 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar bo'yicha Karlos mutlaq "ustunlik" qildi - 3 ga 0. Breyklar bo'yicha ustunlik xuddi shu hisob ko'rinishida Yannik foydasiga bo'ldi.
Six Kings Slam turnirining uchinchi o'rni uchun bo'lib o'tgan uchrashuvida amerikalik Teylor Fric serbiyalik Novak Jokovichni mag'lubiyatga uchratdi - 7:6 (7:4). Novak birinchi setdan keyin bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
CHempion Sinner 6 million AQSH dollar miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi. Ushbu summadan 4,5 millioni chempionlik, qolgan 1,5 million turnirdagi ishtirok uchun berildi. Qolgan ishtirokchilar 1,5 million dollardan ishlab olishdi.
Fikrlar