So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

30 mar 09:07
Yangiliklar

Kurash

G'olibini 10 000 dollar kutayotgan Prezident sovrini uchun Al-Hakim At-Termiziy xalqaro xotira turnir o'tkaziladi

Teglar :  At TermiziyKurash
10-11 aprel kunlari Termiz shahridagi “Alpomish” o'yingohida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha Al Hakim At-Termiziy xotirasiga bag'ishlangan ananaviy XV Xalqaro turniri o'tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston kurash federaciyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan turnirning ochilish va yopilish marosimlarida respublikaning taniqli madaniyat va sanat namoyandalari ishtirok etishi belgilangan.

Bugungi pandemik vaziyatni inobatga olgan holda Xalqaro turnir sanitariya-epidemiologiya qoidalari asosida tashkil etiladi. SHu munosabat bilan Sog'liqni saqlash vazirligi musobaqa o'tadigan joylar gigiena talablariga mos bo'lishi, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat ko'rsatilishi, mehmonxonalarda va mazkur turnir bo'lib o'tadigan “Alpomish” o'yingohida zarur tibbiy anjomlar, niqob, dori va antiseptik vositalari mavjud bo'lishini taminlashi lozim.

O'zbekiston Respublikasida koronavirus infekciyasining tarqalishi bilan bog'liq epedimiologik vaziyat barqarorligini taminlash maqsadida:

– havo va temir yo'l qatnovlari orqali O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan xalqaro turnir ishtirokchilari respublikaga kelish uchun havo yoki temir yo'l qatnoviga ro'yxatdan o'tishdan oldin so'nggi 72 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda koronavirus infekciyasiga faqat PZR (polimera zanjirli reakaciya) orqali tekshirilib, manfiy ko'rsatkichga ega deb topilgan malumotnomani taqdim etishi lozimligi;

– avtoyo'l chegara o'tkazish punktlari orqali O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan xalqaro turnir ishtirokchilari so'nggi 72 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda koronavirus infekciyasiga PZR (polimera zanjirli reakaciya) orqali tekshirilib, manfiy ko'rsatkichga ega deb topilgan malumotnoma takdim etilganda yoki PZR natijasi bo'lmagan hollarda, chegara o'tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infekciyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan malumotnoma taqdim etilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritilishi inobatga olinadi.

Takidlash kerak, Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turniri g'olibi 10 000 AQSH dollarini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing