So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

10 fev 11:25
Yangiliklar

Kurash

G'oliblar O'zbekiston chempionatida ishtirok etadi

CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida kurash bo'yicha Toshkent viloyati birinchiligi bo'lib o'tdi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat kurash federaciyasi, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamkorligida o'tkazilgan mazkur musobaqada ettita vazn toifasida yuz nafardan ortiq polvonlar respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun bellashishdi. 

Dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Tadbirda so'z olgan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov polvonlarga omad tilar ekan, mamlakat bosqichida ham munosib ishtirok etishlari uchun puxta hozirlik ko'rish zarurligini takidlab o'tdi.

Kun davomida o'tgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra quyidagi sportchilar kuchli uchlikdan joy egallashdi.

60 kg. vazn toifasi

1.Normamat Ochilov

2.Do'stmurod G'ofurov

3.Asad Nematov

3. SHerali Tursunov

66 kg. vazn toifasi

1.Artyom SHturbabin

2.Elshod Boqiev

3.Ramazon Botirov

3.Mahmado'st Mamaniyozov

73 kg. vazn toifasi

1.Komil Yusupov

2.Xumoyun Zamonov

3.SHaxzod Karimov

3.Zafar Usmonaliev

81 kg.vazn toifasi

1.Erkin Qozoqov

2.Umar Bozorov

3.Murod Norquvvatov

3.Nomoz Barotov

90 kg.vazn toifasi

1.Islom Donaev

2.Xumoyun Berdiev

3.Sardor Xurramov

3.Navro'z Xalilov

100 kg.vazn toifasi

1.Xurshid SHennaev

2.SHaxzod Sayfiddinov

3.Mavlon Mardonov

3.SHoxruh Hasanov

+100 kg.vazn toifasi

1.Erali Toshmuhammedov

2.Abduqaxxor Azimov

3.Bahodir Islomov

3.Abdulaziz G'ulomqodirov 

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindor kurashchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, yo'llanmaga ega bo'lgan kurashchilar 26-29 fevral kunlari Olmaliq shahrida o'tadigan O'zbekiston chempionatida viloyat sharafini himoya qilishadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing