13 sen 08:35
Yangiliklar
Kurash
G'oliblarga bosh sovrin “SPARK” avtomashinasi topshiriladi
Ertaga soat 17:00 da Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag'ishlab Samarqand shahridagi “Mo'jiza” amfiteatrida kurash bo'yicha “Viloyat hokimi sovrini uchun” viloyat ochiq turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa xalqaro kurash associaciyasi qoidalari asosida o'tkaziladi. Unda -73, -90 hamda +90 kilogramm vazn toifasida 18 yoshdan kattalar gilamda bellashadi. Uch vaznda ham birinchi o'rinni egallagan g'olib kurashchilarga bosh sovrin sifatida “Spark” avtomashinasi topshiriladi.
Bugun soat 16:00 dan 17:00 gacha Samarqand eshkak eshish kanalida xalqaro hakamlar va murabbiylar ishtirokida kurashchilarni tanishtiruv va qura tashlash hamda tarozidan o'tkazish marosimi o'tkaziladi.
Bo'lajak bellashuvlarda nomdor xorijlik kurashchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar