01 fev 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Gollivud aktyori: Xabibning o'rnida men ham Konorga sakragan bo'lardim
Mashhur Gollivud aktyori Stiven Sigal Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasida bo'lib o'tgan janjalga o'z munosabatini bidirdi.
Sigalning aytishicha, uning o'zi ham Vatani, oilasi hamda diniga nisbatan aytilgan haqoratlarni ko'tara olmagan bo'lardi.
“Xabib Konorni barcha yo'nalishlar bo'yicha mag'lub etdi. U nafaqat parter, balki tik turgan holatda jang olib borish bo'yicha ham Makgregordan ustunlikka erishdi.
O'ylashimcha, ushbu vaznda eng kuchli jangchi bu - Nurmagomedov! U haqli ravishda g'alabaga erishdi va qo'pol qilib aytganda bu bilan raqibining ovozini o'chirdi. Jangdan keyingi holat bo'yicha ham men Xabib tomon bo'laman. Uning o'rnida men ham shunday yo'l tutgan bo'lardim”, - dedi Sigal.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar