10 iyu 11:11
Yangiliklar

Golovkin 15 mln $ oladi, Isroilning gonorari ko'pligi bo'yicha uchinchi o'rinda! (barcha gonorarlar)
Tabiiyki, “Medison Skver Garden” arenasida o'tgan boks kechasining markaziy jangi qahramoni, o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin eng katta gonorarga ega bo'ldi. Kanadalik Stiv Rollzni nokautga uchratgan qozog'istonlik bokschining gonorari sof 2 million dollarni tashkil etdi.
Lekin qo'shimcha bonuslar, translyaciyadan tushadigan ulushni ham hisoblasak, ushbu summa 15 million dollar atrofida bo'lishi oydinlashadi. Bu malumotni ESPN telekanali rasmiylari ham tasdiqlashdi. Nokautga uchragan Stiv Rollzning rasmiy gonorari 300 000 dollar bo'ldi.
Etiboringizga oqshomning qolgan barcha ishtirokchilari uchun kafolatlangan gonorarlar miqdorini havola qilamiz. Raqibini nokautga uchratgan Isroil Madrimov bu ro'yxatda Golovkin va Rollzdan keyin uchinchi bo'ldi.
Bokschilar uchun kafolatlangan gonorarlar:
Isroil Madrimov — 48 000 dollar
Markus Makdeniel — 45 250
Ali Ahmedov — 25 000
Brayan Sebalo — 25 000
CHarlz Konuell — 15 000
Norberto Gonsales — 15 000
Kortni Pennington — 13 5000
Baxtiyar Eyubov (Qozog'iston) — 8000
Nikita Ababiy — 8000
Xuan Fransisko Lopes Baraxas — 3500
Fikrlar