So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

21 mar 14:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Golovkin Alvaresni dopingda aybladi, tekshiruvchilarni esa terrorchi deb atadi

Teglar :  BoksGolovkinAlvares
Professional boksning o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkinni doping qabul qilayotganda aybladi.

Qozog'istonlik bokschi Kaliforniyada davom etayotgan mashg'uloti chog'ida mahalliy jurnalistlarga intervyu berdi. Savollarga javob berar ekan, Golovkin Alvaresning jamoasi bila turib doping istemol qilayotganini aytdi. 

“Qo'ysangizchi, qanaqa go'sht, - dedi Golovkin. - Kaneloning jamoasi taqiqlangan moddalardan foydalanayotganini juda yaxshi biladi. Ular buni berkitishga harakat qilishyapti. Saul birinchi kun boksda emas. Uni detektorda tekshirib ko'ringlar, shunda hammasi oydinlashadi. Men ilk jangimizdayoq uning “toza” emasligini bilgandim. O'sha jang videosini takroran tomosha qilsangiz, taqiqlangan preparatlarning shundoqqina izi ko'rinadi”.

Meksikalik bokschining jamoasi taqiqlangan klenbuterol moddasi uning qon tarkibiga go'sht orqali tushib qolganini ro'kach qilayotgandi. Ayni paytda Nevada Sport komissiyasi bu borada izlanish olib boryapti. Golovkin bu tashkilotni ham jiddiy tarzda tanqid ostiga oldi. 

- Ular vaziyatga yumuq ko'z bilan qarashyapti. Men jangni qayta ko'rib chiqib, fikrim qanchalik to'g'ri ekanligiga yana bir bor iqror bo'ldim. Sport komissiyasida ishlayotganlar odam emas, ular sportni o'ldirayotgan terrorchilar! Ularning joyi qamoqda!, -dedi Golovkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing