08 mar 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Alvaresning doping-testiga munosabat bildirdi
Gennadiy Golovkin meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresning keyingi doping tekshiruv toza chiqishiga umid qilishini aytdi.
O'rta vazn toifasida WBA (Super), IBO, WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik bokschi 5 may kuniga belgilangan jangni bekor qilishi mumkinligi haqidagi fikrga o'z munosabatini bildirdi.
“Kaneloning dopingga tushib qolgani yaxshi bo'lmadi. Bu juda xunuk va ko'ngilni xira qiladigan holat. Toza va halol sport tarafdorlari hamisha bunday holatlarga qarshi bo'lib kelishgan. Men jang qilishni istayman. Alvares bilan yakunlanmay qolgan ishimni tugatib qo'yishim kerak”, - dedi Golovkin.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar