05 okt 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Derevyanchenkodan 100 gramm og'irroq chiqdi
Bizning vaqt bilan ertaga tongda afsonaviy “Madison Square Garden” arenasida kutilgan boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi bahs olib boradi. Bugun har ikki bokschi jangdan oldin bo'lib o'tadigan vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi.
Bokschilar belgilangan 160 (72,6 kg) vazn meyorini bajarishdi. Golovkin 159,2 funt (72,2 kg) vazn ko'rsatgan bo'lsa, uning raqibi 195,9 funt (72,1 kg) tosh bosdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar