20 fev 20:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Kanelo bilan janglari haqida: "Men ikkala jangda ham g'alaba qozonganman"
O'rta vazn toifasida IBF va IBO yo'nalishida amaldagi jahon chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin, supero'rta vazn amaldagi jahon chempioni meksikalik Saul Alvares bilan har ikkala jangda ham g'alaba qozongani haqida aytdi.
“O'ylaymanki, ikkala jangda ham g'alaba qozonganman. Ammo, bazilarga o'z tasavvurida yashash qulay. Bu meni xafa qiladimi? Ha, albatta. Firibgarlikni ko'rganingizda, siz o'ylay boshlaysiz: qanday qilib bundan bo'lishi mumkin?”, - deya iqtibos keltiradi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin ikki marta to'qnash kelishgan. 2017 yilda bo'lib o'tgan birinchi jang durang bilan yakunlangan. Ikkinchi jang bir yildan so'ng bo'lib o'tgan va hakamlar qarori bilan meksikalik bokschi g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar