09 apr 22:16
Yangiliklar

Golovkin Murata bilan jangdan so'ng nimalar dedi?
"Bu chiroyli shouni tomosha qilishga kelgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Bizni qo'llab-quvvatlagan, bu chiroyli musobaqani tashkillashtirgan barcha-barchaga. Sizlardan chin dildan minnatdorman. Rioto Murata va uning jamoasiga, ko'rganingizdek, u o'zini kuchli tomonlarini namoyish qilgani, haqiqiy jangchilardek — oyoqda turib, oxirigacha urushgani uchun rahmat aytmoqchiman. Raqibim — olimpiya o'yinlari chempioni, WBA superchempioni, u o'zining haqiqiy jangchi ekanligini ko'rsatdi. Yaponiyada bunday katta voqea bo'lganidan, biz, o'z mamlakatlarimizning yorqin vakillari shunday katta shou ko'rsata olganimizdan xursandman!", - dedi Golovkin.
Gennadiy Golovkin ushbu g'alaba orqali o'rta vaznda WBA Super va IBF yo'nalishlari bo'yicha chempionlik kamarlarini birlashtirdi.
Fikrlar