21 iyu 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Alvares o'rtasidagi uchinchi jang amalga oshmaydimi?
O'rtavazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Saul Alvares 14 sentyabr kuni ringga qaytishi kerak.
U o'sha kuni qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang qilishi mumkinligi aytilgandi.
Biroq endi ushbu jang amalga oshmasligi mumkin deb xabar berishmoqda. Qozog'istonlik bokschi Las-Vegasda jang qilishni istamayapti. Alvaresning jamoasi esa aynan o'sha erdagi arenada ringga ko'tarilmoqda. "Kanelo"ning promouteri Oskar De la Xoyya agar shu kunlar ichida kelishuv amalga oshmasa boshqa raqib izlashni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar bungacha Las-Vegasda ikkita jang o'tkazishgan. Ularning birida durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchisida meksikalik bokschining qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar