18 iyu 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin va Bruk jangida WBA kamari o'rtaga qo'yilmaydi
10 sentyabr kuni Angliyaning London shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC hamda IBF yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik 34 yoshli Gennadiy Golovkin hamda britaniyalik yarim o'rta vazn toifasidagi bokschi 30 yoshli Kell Bruk o'rtasida bo'lib o'tadi.
Butunjahon boks associaciyasining bayonot berishicha, bo'lajak jangda Golovkinga tegishli WBA chempionlik kamari o'rtaga qo'yilmaydi. Boisi, Kell Bruk o'rta vazn toifasining ushbu yo'nalish reytingida mavjud emas. U Golovkinning vaznidan ikkita past vazn toifasida o'z janglarini o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar