28 sen 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88386_220.jpg)
Golovkin vs Derevyanchenko. Jang ikkita kamar uchun kechadi
Avvalroq yarim o'rta vazn bokschisi Gennadiy Golovkin hamda ukrainalik Sergey Derevyanchenkoning vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun jang qilishi malum qilingandi.
Kecha esa bokschilar yana bir nufuzli kamar IBO chempionlik kamarini qo'lga kiritish uchun ham ringga ko'tarilishi oydinlashdi. Aslida o'rta vazn toifasidagi IBO kamari ham sobiq IBF chempioni Saul Alvaresga tegishli bo'lgan. Lekin meksikalik chempion 2018 yilda ushbu kamardan voz kechgandi. O'shandan beri IBO kamari vakant bo'lib kelayotgandi.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va Derevyanchenko o'rtasidagi chempionlik jangi 5 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar