16 fev 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning chempionlik himoya jangi boshqa muddatga qoldirildi
O'rta vazn toifasida IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin (40-1-1, 35 KO) ishtirokidagi jang qoldirildi.
Qozog'istonlik jahon chempioni navbatdagi jangini polshalik Kamil SHeremet (21-0, 5 KO)ga qarshi o'tkazishi kerak edi. Lekin tashkilotchilari jangni may oyiga qoldirishdi.
Aslida Golovkin - SHermet jangi 28 mart kuni AQSHning CHikago shahrida o'tkazilishi kerak edi. Hozircha ushbu o'zgarish sabablari ochiqlanmayapti. Jang AQSH yoki Qozog'istonda o'tkaziladi. Gennadiy Golovkin IBF kamarini ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi jangda qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar