10 fev 11:11
Yangiliklar
Futbol
Gonkongdagi Messi bilan bo'lgan mojaro Argentina terma jamoasi uchun noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin
Gonkong yulduzlariga qarshi uchrashuvda Lionel Messining maydonga tushmagani Xitoy hukumatini qattiq ranjitgan.
Messining o'yinda ishtirok etmagani Argentina terma jamoasiga zarar bo'lishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, Argentina terma jamoasining kelasi oy Xitoyda bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinlari bekor qilinishi mumkin. Lionel Skaloni shogirdlari mart oyida Xitoyda Nigeriya va Kot-d'Ivuar terma jamoalari bilan o'ynaydi, biroq ikkala o'yin ham o'tkazilmasligi mumkin. Qayd etilishicha, o'yinlar Xitoy hukumati tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Messi jarohat sababli Gonkong yulduzlari terma jamoasiga qarshi maydonga tushmagandi. Ushbu voqeadan so'ng ko'plab muxlislar tashkilotchilardan norozi ekanliklarini va chipta pullarini qaytarib berishlarini talab qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar