06 noy 08:48
Yangiliklar
Qilichbozlik
Guliston Perdebaeva boshchiligidagi sablyachilarimiz Jahon kubogi hamda oltin medallarni qo'lga kiritishdi
Xabar berganimizdek, Bahraynning Manama shahrida qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida sablya yo'nalishida Jahon Kubogi bahslari o'tkazildi.
Avvalroq, yakkalik bahslarida Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari g'olibi Guliston Perdebaeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medalini qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Quvonarlisi, sportchilarimiz kecha o'tkazilgan jamoaviy bahslarda ham barcha mamlakat azolarini mag'lub etgan holda sablya yo'nalishida Jahon Kubogi va oltin medallarni qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamiz tarkibida Guliston Perdebaeva, Fernarda Errera, Nargiza Jaksibaeva hamda Samira SHokirova harakat qildi.
Havola :
Fikrlar