18 apr 16:49
Yangiliklar
Kurash
Gurlan belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi
20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.
Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvimidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 13 ta vazn toifasida kuch sinashishsa, qizlar erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida bellashishadi.
Gurlan sport majmuasida yuqori saviyada va shiddatli tusda o'tishi kutilayotgan ushbu musobaqada chempionlikni tantana qilgan polvonlar belbog'li kurash bo'yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun mamlakat milliy terma jamoalariga qabul qilinadi.



Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar