So’nggi yangiliklar

20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0 12:45Самбочиларимиз ҳарбий хизматчилар ўртасидаги халқаро турнирда иштирок этишади 0 11:17Иэн Гэрри: "Махачев билан қафасга кирганимда, нима учун буюк жангчи эканимни исботлайман" 0 10:00Нидерландия терма жамоаси Хави билан музокаралар олиб борди 0

24 apr 07:11
Yangiliklar

Kurash

Gurlanda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

20-23 aprel kunlari Xorazm viloyatining Gurlan tumanida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvimidan joy olgan mazkur mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 13 ta vazn toifasida kuch sinashishgan bo'lsa, qizlar erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida bellashishdi.

Gurlan sport majmuasida 500 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirokida yuqori saviyada va shiddatli tusda o'tgan ushbu musobaqada Hasanboy Jabborov (Namangan), Xudoyor Xolmirzaev (Farg'ona), Aydos Erjanov (Qoraqalpog'iston), Ibrohim Sodiqov (Qashqadaryo), Malika Bekturdieva (Xorazm), Abdivoit Mahammadov (Andijon), SHohjahon Rahmonov (Buxoro), Jamshidbek Quronboev (Xorazm), Og'abek To'lqinov (Sirdaryo) singari mahoratli sportchilar o'z vazn toifalarida oltin medallarni qo'lga kiritishdi. 

Bellashuvlar yakunlangach, g'olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

Takidlash joiz, musobaqada g'olib bo'lgan sportchilar belbog'li kurash bo'yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish yo'llanmasiga ega bo'lishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing