18 apr 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Guskov bilan jangi bekor bo'lgan Yan Blaxovich bunga izoh berdi
Avvalroq, polshalik UFC sobiq chempion Yan Blaxovich jarohat sabab 10 may kungi UFC 328 turnirida Bogdan Guskov bilan jang qila olmasligi haqida xabar qilingandi.
Blaxovich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bunga izoh berdi:
"Tovuq tuxum qo'ymasidan oldin sanama.
Kelasi hafta AQSHda bo'lishim kerak edi, ammo rejalarni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Juda qattiq asabiylashyapman. Oxirgi sparringimda noto'g'ri poziciyada qolib, tizzamdan zarba o'tkazib yubordim. "Menisk" yorilib ketdi.
Reja va maqsad aniq edi, shuning uchun ham hafsalam juda pir bo'ldi. Lekin bu barchasi tugadi degani emas! Men allaqachon iloji boricha tezroq qaytish ustida ishlayapman. Hammasini o'z shartlarim asosida yakunlash uchun qaytaman", - deb yozdi Blaxovich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/janblachowicz
Fikrlar