So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

06 dek 13:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskov jang qiladigan UFC 323 turniri ishtirokchilari taroziga chiqdi

Las-Vegasda o'tgan UFC 323 turnirining rasmiy tarozi marosimida ikki jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi.

Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda rossiyalik Petr Yan o'rtasida bo'lib o'tadi. Turnir xedlaynerlari vazn qilishda ortiqcha muammoga duch kelishmadi. Ularning har ikkisi 61.23 kg vazn qayd etdi. 

Turnirning co-main event jangi ishtirokchilari - eng engil vazn chempioni braziliyalik Aleksandre Pantoja hamda myanmalik davogar Joshua Van ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Pantoja 56.7 kg, Van esa 56.47 kg tosh bosdi. 

Turnirning asosiy kardida jang qiluvchi hamyurtimiz Bogdan Guskov hamda uning raqibi polshalik sobiq chempion Yan Blaxovich ham tarozidan muvaffaqiyatli o'tib oldi. Blaxovich ham, Guskov ham bir xil vazn ko'rsatdi - 93.44 kg. 

Marvin Vettoriga qarshi oktagonga chiqadigan Bruno Ferreyra o'rta vazn uchun belgilangan limitni bajara olmadi va endi gonorarining 20 foizini raqibiga beradi. 

Tojikistonlik Muhammad Naimov (66.22 kg) ham raqibi Mayron Santos (66.9 kg)ning 20 foiz gonorarini oladi. Santos yarim engil vazn toifasi meyorini bajara olmadi. 

UFC 323 turnirining barcha tarozi natijalari:

Asosiy kard janglari

Merab Dvalishvili (61.23 kg) – Pyotr Yan (61.23 kg) – chempionlik jangi

Aleksandre Pantoja (56.7 kg) – Joshua Van (56.47 kg) – chempionlik jangi

Brendon Moreno (56.7 kg) – Tacuro Tayra (57.15 kg)

Genri Sexudo (61.69 kg) – Peyton Talbott (61.69 kg)

Yan Blaxovich (93.44 kg) – Bogdan Guskov (93.44 kg)


Prelim kard janglari

Grant Douson (70.76 kg) – Manuel Roberto Torres (70.76 kg)

Terrens MakKinni (70.76 kg) – Kris Dunkan (70.76 kg)

Meysi Barber (56.93 kg) – Karin Silva (56.93 kg)

Nazim Sadixov (70.53 kg) – Fares Ziam (70.76 kg)


Erta prelim kard janglari

Marvin Vettori (84.37 kg) – Bruno Ferreyra (85.73 kg)*

Edson Barboza (70.53 kg) – Jelin Terner (70.31 kg)

Ivo Baranevskiy (93.44 kg) – Ibo Aslan (93.21 kg)

Mansur Abdul-Malik (84.14 kg) – Antonio Trokoli (84.37 kg)

Muhammad Naimov (66.22 kg) – Mayron Santos (66.9 kg)**

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing