So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

26 iyu 08:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Guskov uchun o'ch olmoqchi bo'lgan Jonni Uoker mag'lubiyatiga izoh berdi

Yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida 7-o'rinni egallab turgan Jonni Uoker shanba oqshomidagi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

Bogdan Guskovning do'sti bo'lgan braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Ar-Riyodda o'tgan UFC on ABC 6 turnirining asosiy kardini ochib bergan jangda tajribali Volkan Ozdemirga birinchi raundning o'zida nokaut bilan yutqazgandi. 

"Menda hammasi joyida. Labimda kichik jarohat bor, xolos. Men yaqindagina uyga qaytdim. Bu oqshom men uchun omadsiz keldi. Nima bo'lganini bilmayman. Jangni qayta ko'rib chiqib, qaerda xato qilganimni tahlil qilishim kerak. O'zimni jismoniy taraflama juda yaxshi his qilayotgandim. Katta ehtimol bilan psixologik tomondan men bu jangga tayyor emasdim. Vazn tashlash odatdagidek qiyin kechgandi. Bir so'z bilan aytganda jangda o'zimni topa olmadim. Endi oila azolarim bilan vaqtni o'tkazaman", - dedi Jonni. 

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Bogdan Guskov UFC`dagi debyut jangida aynan Volkan Ozdemirga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Jangdan oldin Uoker o'sha mag'lubiyat uchun Ozdemirdan revansh olishga vada bergan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing