04 avg 09:30
Yangiliklar
Engil atletika

Gusman Qosanov xotira turniri: engil atletikachilarimiz so'nggi kunning o'zida 10 ta medal qo'lga kiritishdi
Qozog'istonda engil atletika bo'yicha Markaziy Osiyodagi eng nufuzli xalqaro turnirlardan biri – XXXIV Gusman Qosanov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqa nihoyasiga etdi.
Turnirning so'nggi kunida sportchilarimiz qator yo'nalishlarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib, medallarga ega bo'lishdi.
Oltin medal egalari:
Amir Nagaev — balandlikka sakrash;
Irina Levina — 800 metr masofaga yugurish;
Sarvar Ismoilov — nayza uloqtirish;
SHarifa Davronova — uch hatlab sakrash.
Kumush medal sohiblari:
Vadim CHikalov — balandlikka sakrash;
Musharrafxon Sayidahmedova — nayza uloqtirishda;
Nasima Mamirova — 5000 metrga masofaga yugurish;
Hasan Mirsoatov — 400 metrga aralash estafeta bahslari.
Bronza medal:
Asadbek Murotov — nayza uloqtirish.
Musobaqa yakuniga ko'ra sportchilarimiz umumiy hisobda 19 ta medal jamg'argan holda xalqaro turnirni yakunladi.
Havola :
Manba : t.me/uzathleticschannel
Fikrlar