30 dek 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Gustafsson futbolkasidagi “Doping” yozuvi uchun jarimaga tortildi
SHveciyalik aralash qoidalar jangchisi Aleksandr Gustafsson UFC tomonidan jarimaga tortildi.
Gap shundaki, Gustafsson UFC 232 turnirining tarozidan o'tish marosimiga “Doping” yozuvi tushirilgan futbolka kiyib kelgan. Bu bilan u doping tekshiruvlariga qarshi ekanligini namoyon qildi.
Aleksandrning bu xatti-harakati UFC va Reebok o'rtasida imzolangan kelishuvga zid. Endi Gustafsson 10 000-30 000 dollar atrofida jarima to'laydi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar