05 may 11:21
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola kechagi ochko yo'qotishdan keyin APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 35-turida "Everton" bilan 3:3 hisobidagi o'yindan keyin chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi.
“Bu endi bizning qo'limizda emas. Avval shunday edi, endi esa yo'q. Bizda hali o'yinlar bor. Ko'ramiz, nima bo'lishini", — dedi Gvardiola BBC nashriga bergan intervyusida.
Mavsum tugashiga uch tur qolganida "Manchester Siti" 71 ochko bilan 2-o'rinda. Turnir jadvalini 76 ochko bilan "Arsenal" boshqarmoqda. "SHaharliklar"da bitta o'yin zaxirasi bor.
Angliya chempionatining navbatdagi turida "Manchester Siti" "Brentford" bilan, "Arsenal" esa "Vest Xem" bilan uchrashadi.

Havola :
Fikrlar