23 noy 18:51
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi, deb xabar berdi klub rasmiy sayti.
51 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma ikki yilga uzaytirildi. Endi bitim 2025 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangandi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan buyon "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda.
Uning qo'l ostida klub to'rt marta APL va Angliya Liga Kubogida g'olib bo'ldi, shuningdek, Angliya Kubogini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : mancity.com
Fikrlar