16 sen 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Gvozdik Beterbievga yuqori baho berdi
Yarim og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Aleksnadr Gvozdik IBF chempioni Artur Beterbievning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
"Artur - kuchli hamda qo'rqinchli bokschi. U janglarida doim raqibini bosimda ushlab turishga harakat qiladi. SHuningdek, u havaskor boksda ham ancha katta natijalarni qayd etgan.
Havaskor boksda unga o'n yil avval mag'lub bo'lganman, bu meni umuman tashvishga solayotgani yo'q. Mag'lubiyatimdan so'ng ancha narsa o'zgardi. Nima bo'lishini keyingi oy bilib olamiz", - dedi Gvozdik.
Eslatib o'tamiz, Gvozdik - Beterbiev o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar