16 apr 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA
"Hammasi jamoadoshim tufayli". Dvalishvili mashg'ulotda qanday qilib burnini sindirganini aytdi
UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili aprel boshida mashg'ulotda olgan burun sinishi haqida gapirdi.
"Men birinchi marta burunimni 2014 yilda, professional faoliyatimda debyut qilganimda sindirganman. Raqib jeb urdi — birinchi zarba va burunim sindi. SHundan beri u singan. Lekin u mustahkam, ko'p marta yorilishlar bo'lgan, ammo suyak joyida edi.
Bu safar suyakni jamoadoshim sabab sindirdim, uning ismi Adam, u professional jangchi. U mening uslubimni yaxshi biladi, taymingi ham yaxshi, va har safar sparring qilganimizda meni “ushlab” oladi, lekin odatda ko'kragimga yoki peshonamga uradi. Ammo bu safar u tizzasi bilan burunimga urdi va suyakni sindirdi", — dedi Dvalishvili Mighty YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Mighty
Fikrlar