So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

11 apr 14:20
Yangiliklar

Kurash

Hamyurtimiz IKA vice-prezidenti etib saylandi

Teglar :  At-TermiziyKurash
Bugun Termiz shahrida Kurash xalqaro associaciyasi Ijroiya qo'mitasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni IKA prezidenti Xayder Farman olib bordi. Unda Osiyo, Afrika, Evropa hamda Panamerika konfederaciyalari vice-prezidentlari, shuningdek IKA Ijroiya qo'mitasi azolari ishtirok etishdi.

Ijroqo'm azolari Kurashni jahon miqyosida rivojlantirishning muhim masalalari, shu bilan birga kurashni turli qita va mintaqaviy o'yinlar dasturiga kiritilishini muhokama qilishdi.

Ijroiya qo'mitasi azolari Kurashni xalqaro miqyosda rivojlantirishda IKA faoliyatiga har tomonlama yordam bergani uchun shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va IKAning Faxriy Prezidenti SHavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi. Buning isboti sifatida 2020 yil noyabr oyida Kurashni jahon miqyosida rivojlantirish bo'yicha Prezident Qarori qabul qilinganligi etirof etildi.

Ijroiya qo'mitasi azolari kurashning Vatani bo'lgan mamlakat - O'zbekiston bilan o'zaro aloqada bo'lish uchun yangi IKA vice-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilishdi. 

IKA prezidenti Xaydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Abdujabbor Abdusattorovich Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash azolari ushbu taklifni bir ovozdan qo'llab-quvvatladilar.

Xalqaro Kurash Associaciyasining Ijroqo'm yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ham ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing